AQSh narxlarni pasaytirish maqsadida Koreya Respublikasi va Turkiyadan tuxum import qiladi. Bu haqda AQSh qishloq xo‘jaligi vaziri Bruk Rollinz ma’lum qildi, deb xabar beradi Sinxua agentligi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ikki davlatdan import allaqachon boshlangan, boshqa davlatlardan yetkazib berish bo‘yicha ham muzokaralar olib borilmoqda.
"Gap qisqa muddatdagi yuz millionlab tuxum haqida ketmoqda", – dedi rasmiy.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, AQShning Michigan universiteti tomonidan hisoblangan iste’molchilar ishonchi indeksi mart oyida 57,9 punktgacha pasaygan. Bu 2022 yil noyabr oyidan beri eng past ko‘rsatkich bo‘lib, inflyasiya ortib borayotgan bir sharoitda, uning belgilaridan biri tuxum narxining uzoq davom etgan o‘sishi bo‘ldi.