AQSh Janubiy Afrikada bo‘lib o‘tadigan G20 sammitida qatnashmaydi. Bu haqda mamlakat prezidenti Donald Tramp xabar berdi.
"Erlarni musodara qilish va asosiy muhokama mavzusi genosid bo‘lgan Janubiy Afrikadagi G20 uchrashuviga borishimizni qanday kutish mumkin? JARda oq tanli fermerlarning yerlarini tortib olib, keyin ularni va oilalarini o‘ldirishmoqda. Ommaviy axborot vositalari bu haqda xabar berishdan bosh tortmoqda. Qo‘shma Shtatlar Janubiy Afrikaga barcha to‘lovlarni to‘xtatdi. Biz G20'da bo‘lishni xohlaymizmi? Men bunday deb o‘ylamayman!", — deb yozdi Qo‘shma Shtatlar prezidenti Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida.
G20 mamlakatlari rahbarlari sammiti 23-25 noyabr kunlari Yohannesburgda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Avvalroq Tramp Janubiy Afrikaga “afrikaanerlarni irqiy asosda kamsitish” va Isroilni qo‘llab-quvvatlashdan bosh tortgani uchun sansiyalar joriy qilgan edi.