Bugun 12 mart, 2025 yil, chorshanba

КИР

AQSh Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotidan chiqdi

AQSh Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotidan chiqdi

Oq uy AQSh prezidenti Donald Trampning AQShning Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tarkibidan chiqishi haqidagi buyrug‘ini e’lon qildi.

Hujjatda aytilishicha, bunga tashkilotning Xitoyning Uxan shahridagi COVID-19 epidemiyasi va boshqa global sog‘liqni saqlash inqirozlariga munosabati sabab bo‘lgan. Bunga Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotiga (JSST) a’zo davlatlarning zarur islohotlarni o‘tkazmagani ham sabab bo‘lgan.

Bundan tashqari, JSST Qo‘shma Shtatlardan boshqa davlatlar tomonidan to‘lanadigan to‘lovlarga mos kelmaydigan nohaq badallarni talab qilmoqda. Xususan, 1,4 milliard aholiga ega Xitoy AQSh aholisining 300 foizini tashkil etsa-da, JSSTga 90 foiz kam mablag‘ ajratadi.

Bayden ma’muriyati davrida Qo‘shma Shtatlar agentlikning eng yirik donori bo‘lgan, moliyaviy yil uchun byudjeti 6,8 milliard dollarni tashkil etgan, uning beshdan bir qismi Qo‘shma Shtatlardan kelgan, deb yozadi US Today.

Tramp JSSTdan chiqish jarayonini birinchi prezidentligi davrida boshlagan va Bayden prezident bo‘lgach, bu qarorini bekor qilgan.

Kiritildi: 18:31 21.01.2025. O'qildi: 1876 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!