AQSh jahon bozorida narxlarni tushirish uchun Eron neftiga qo‘yilgan sankssiyalarni vaqtincha bekor qildi.
AQSh moliya vaziri Skott Bessentning aytishicha, allaqachon kemalarga yuklangan Eron nefti va neft mahsulotlarini yetkazib berishga ruxsat berildi. Vazirning X ijtimoiy tarmog‘ida yozishicha, bu neft avval Xitoyga arzon narxlarda sotilishi rejalashtirilgan edi. Sanksiyalarning bekor qilinishi ushbu neftni jahon bozoriga chiqarish imkonini beradi.
Bessentning so‘zlariga ko‘ra, gap taxminan 140 million barrel neft haqida bormoqda. Eron neftini yetkazib berish uchun berilgan lisenziya bir oy davomida amal qiladi.
"Biz neft narxlarining oshishini jilovlash maqsadida “Epik g‘azab” amaliyoti doirasida Eron neftidan uning o‘ziga qarshi foydalanamiz”, — deya qo‘shimcha qildi AQSh moliya vaziri.
Avvalroq AQSh Yaqin Sharqdagi urush sabab boshlangan neft narxlarining oshishini to‘xtatish uchun Rossiya neftini sotishga qo‘yilgan taqiqni ham vaqtincha bekor qilgan edi.