Bugun 20 mart, 2026 yil, juma

КИР

AQShning Eron bilan urushi Iroqqa bostirib kirishdan ham qimmatroqqa tushishi mumkin

AQShning Eron bilan urushi Iroqqa bostirib kirishdan ham qimmatroqqa tushishi mumkin

AQShning Eron bilan urushi Iroqqa bostirib kirishdan ham qimmatroqqa tushishi mumkin — Newsweek.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlarning Eronga qarshi harbiy amaliyoti qiymati allaqachon 25 mlrd dollardan oshgan. Ushbu kampaniya uchun xarajatlar o‘rtacha hisobda har soniyada taxminan 11,5 ming dollarga tushmoqda.

"Pentagon Eronga qarshi amaliyotni davom ettirish uchun 200 mlrd dollar so‘ragan, bu 2003 yilda Iroq urushi boshlanishida o‘sha paytdagi prezident Jorj Bush so‘ragan mablag‘dan ham ko‘proq", deya yozmoqda nashr.

AQSh uch hafta ichida 7000 dan ortiq nishonga zarba bergan. Asosiy xarajatlar yuqori aniqlikdagi qurollar bilan bog‘liq: bir necha yillarga yetishi rejalashtirilgan raketa va o‘q-dori zaxiralari bir necha hafta ichida sarflab yuborilgan.

Kiritildi: Bugun 19:13. O'qildi: 611 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!