Tramp ma’muriyati, bosib olingan G‘arbiy Qirg‘oqdagi zo‘ravon ko‘chmanchilar qo‘liga tushib qolishi mumkinligi haqidagi xavotirlarga qaramay, AQShda ishlab chiqarilgan 20 mingdan ortiq hujum avtomatini Isroilga sotishni yakunlagan.
Bayden ma’muriyati yukni jo‘natishni kechiktirgan bo‘lsa-da, uning vorisi 6 mart kuni 24 million dollarlik savdo bo‘yicha Kongressga xabarnoma yubordi, deb ma’lum qildi Reuters axborot agentligi.
Vashington, oxirgi foydalanuvchi Isroil polisiyasi bo‘lishini ta’kidladi, hukumat esa "siyosiy, harbiy, iqtisodiy, inson huquqlari va qurollar nazorati bilan bog‘liq mulohazalarni" hisobga olganini bildirdi. Avtomatlar savdosi AQSh Isroilga yetkazib berayotgan milliardlab dollarlik qurol-yarog‘lar oldida kichik bitim hisoblanadi.
Isroil milliy xavfsizlik vaziri Itamar Ben-Gvir Isroil polisiyasiga rahbarlik qiladi. The Times of Israel gazetasining 2023 yil noyabr oyida xabar berishicha, uning vazirligi 7 oktyabr hujumlaridan so‘ng "fuqaro xavfsizlik guruhlarini qurollantirishga katta e’tibor qaratgan."