Bugun 18 aprel, 2026 yil, shanba

КИР

AQSH, Isroil va Eron o‘rtasidagi urushda eng muhim vazifa — mojaroni to‘xtatish

AQSH, Isroil va Eron o‘rtasidagi urushda eng muhim vazifa — mojaroni to‘xtatish

Antaliya diplomatik forumi (ADF) 2026 yil rasmiy ochilish marosimi Belekdagi NEST konferensiya markazida bo‘lib o‘tdi.

Turkiya tashqi ishlar vaziri Haqan Fidan ushbu anjumanda nutq so‘zlab, AQSH, Isroil va Eron o‘rtasidagi mojaro bilan bog‘liq holatda eng ustuvor vazifa — «olovni o‘chirish», ya’ni keskinlikni to‘xtatish ekanini ta’kidladi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, erishilgan o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvi joylarda to‘liq amal qilishi va bu jarayon barqaror tinchlikka olib kelishi muhim.

Fidan xalqaro hamjamiyatni vaziyatni yanada kuchaytirib yubormaslik va diplomatik yo‘l bilan yechim topishga chaqirdi.

Kiritildi: 22:36 17.04.2026. O'qildi: 289 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!