Bugun 26 iyun, 2025 yil, payshanba

КИР

Eronlik hujumchi «Inter»ni tark etishi mumkin

Eronlik hujumchi «Inter»ni tark etishi mumkin

«Inter» hujumchisi Mehdi Teremi transfer oynasi vaqtida jamoani o‘zgartirishi mumkin.

Jurnalist Matteo Morettoning xabariga ko‘ra, 32 yoshli eronlik futbolchi A Seriyadagi debyut mavsumi muvaffaqiyatli chiqmagan. Milanliklar Teremi borasida takliflar bo‘lsa, u bilan xayrlashishga tayyor.

Futbolchi xizmatiga «Nottingem Forest» klubi jiddiy qiziqish bildirgan. Klub allaqachon uning vakillari bilan ehtimoliy transfer bo‘yicha muzokara o‘tkazgan.

Yakunlangan mavsumda Teremi «nerazzurilar» safida barcha turnirlarda 43 o‘yinda 3ta gol urgan va 9 assistni qayd etgan. Uning klub bilan bitimi 2027 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.

Kiritildi: 23:49 24.06.2025. O'qildi: 1272 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!