Bugun 2 avgust, 2025 yil, shanba

КИР

AQSh Islomobod bilan Pokistonning neft resurslarini birgalikda o‘zlashtirish bo‘yicha kelishuvga erishdi

AQSh Islomobod bilan Pokistonning neft resurslarini birgalikda o‘zlashtirish bo‘yicha kelishuvga erishdi

Vashington va Islomobod Pokistonning neft resurslarini birgalikda o‘zlashtirish bo‘yicha kelishuvga erishdi.

Bu haqda AQSh prezidenti Donald Tramp Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.

"Biz hozirgina Pokiston bilan shartnoma tuzdik, unga ko‘ra Pokiston va Qo‘shma Shtatlar o‘zlarining ulkan neft zaxiralarini o‘zlashtirish uchun birgalikda ishlaydi. Hozirda biz ushbu hamkorlikka rahbarlik qiladigan neft kompaniyasini tanlayapmiz", - deb yozadi u.

“Kim biladi, balki bir kun kelib Hindistonga neft sotishar”, deya qo‘shimcha qildi u.

Avvalroq Amerika prezidenti 1 avgustdan boshlab Hindistonga 25 foizlik boj joriy etilishini, jumladan, Rossiya energetika resurslarini xarid qilish hisobiga ham e’lon qilgan edi.

Kiritildi: 08:35 31.07.2025. O'qildi: 471 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!