Trampning agar sudlar u o‘rnatgan savdo tariflarini bekor qila boshlasa, AQSh iqtisodiy inqirozga yuz tutishini aytdi.
"Agar sudlar qandaydir tarzda bizning savdo bojlarimiz bo‘yicha qaror chiqarsa, bu boshqa davlatlarga o‘zlarining Qo‘shma Shtatlarga qarshi tariflari bilan tahdid qilishiga imkon beradi. Bu Amerika Qo‘shma Shtatlarining iqtisodiy vayron bo‘lishini anglatadi!" - deb yozdi AQSh prezidenti Truth Social ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.
29 may kuni Qo‘shma Shtatlar Xalqaro savdo masalalari bo‘yicha Federal sudi savdo tariflarini noqonuniy deb topib, aksariyat bojlarni to‘xtatish to‘g‘risida qaror chiqargan edi. Biroq ertasi kuni Federal apellyasiya sudi savdo bojlarini qayta tiklash to‘g‘risida qaror chiqargandi.