Bugun 11 yanvar, 2026 yil, yakshanba

КИР

AQSh Immigrasiya va bojxona xizmati agentlari Portlendda ikki kishini yaraladi

 AQSh Immigrasiya va bojxona xizmati agentlari Portlendda ikki kishini yaraladi

AQSh Immigrasiya va bojxona xizmati agentlari Portlendda ikki kishini yaraladi. Bir kun oldin Minneapolisda agentlar bir ayolni otib o‘ldirgandi.

Nashrning xabar berishicha, AQSh Immigrasiya va bojxona xizmati agentlari Oregon shtatining Portlend shahrida ikki kishini yaraladi. Har ikki jabrlanuvchi shifoxonaga yetkazilgan. Polisiya aholini xotirjamlikni saqlashga chaqirdi.

Hodisa Minnesota shtatining Minneapolis Immigrasiya xizmati xodimi ayolni otib o‘ldirganidan keyingi kuni sodir bo‘ldi. Bu voqea jamoatchilik noroziligi va namoyishlar to‘lqinini keltirib chiqardi.

Federal qidiruv byurosi (FQB) Portlenddagi otishmada AQSh Immigrasiya va bojxona xizmati agentlari ishtirok etganini ma’lum qildi. Mamlakat Ichki xavfsizlik vazirligi esa agentlarining harakatlarini o‘zini himoya qilish bilan izohlamoqda.

Kiritildi: 17:01 09.01.2026. O'qildi: 362 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!