Bugun 28 avgust, 2026 yil, juma

КИР

AQSh ilk bor narkokartel dronlariga qarshi lazer qurolini qo‘lladi

AQSh ilk bor narkokartel dronlariga qarshi lazer qurolini qo‘lladi

AQSh harbiylari Meksika bilan chegara yaqinida meksikalik narkokartelga tegishli uchta uchuvchisiz uchish apparatini lazer quroli yordamida yo‘q qildi.

Bu haqda Reuters amerikalik rasmiylarga tayanib xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, operasiyada Shimoliy Amerika aerokosmik mudofaa qo‘mondonligi hamda AQSh Qurolli kuchlarining Shimoliy qo‘mondonligi AMP-HEL ko‘p maqsadli lazer qurilmasidan foydalangan.

Operasiya qayerda o‘tkazilgani oshkor qilinmagan. Reuters dronlar AQSh yoki Meksika hududi ustida urib tushirilganini aniqlay olmagan.

AQSh harbiylarining bayonotiga ko‘ra, uchuvchisiz apparatlar amerikalik harbiylar hamda Bojxona va chegara nazorati xizmati xodimlari uchun «jismoniy xavf» tug‘dirgan.

Kiritildi: Bugun 10:00. O'qildi: 283 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!