AQSh rasmiylari BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasida ishtirok etish uchun Nyu-Yorkka kelgan ikki eronlik diplomatni chiqarib yubordi.
Bu haqda AQSh rasmiysi ma’lum qildi.
Amaldorning so‘zlariga ko‘ra, diplomatlar AQSh Davlat departamenti Eron delegasiyasidan mamlakatni tark etishni talab qilganidan keyin Nyu-Yorkda qolishgan.
"Eron delegasiyasining yana ikki a’zosi BMT Bosh Assambleyasi tugaganidan ancha keyin Nyu-Yorkda topilgan. Ular allaqachon chiqarib yuborilgan", dedi manba portalga.
Diplomatlar shanba kuni AQShni tark etishdi.