Bugun 19 mart, 2025 yil, chorshanba

КИР

AQSh Harbiy-havo kuchlarining Yamanga zarbalari natijasida husiylarning bir necha yetakchilari yo‘q qilingan

AQSh Harbiy-havo kuchlarining Yamanga zarbalari natijasida husiylarning bir necha yetakchilari yo‘q qilingan

Bu haqda Qo‘shma Shtatlar prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Mayk Uols ma’lum qildi.

"Prezident Tramp davrida husiylarga qarshi amalga oshirilgan hujumlar Bayden davridagi zarbalardan farq qiladi. Bu hal qiluvchi javob bo‘lib, buning natijasida husiylarning bir necha yetakchisi yo‘q qilindi. Farq shundaki, birinchidan, biz husiylar rahbariyatini ta’qib qilamiz, ikkinchidan javobgarlikni Eron zimmasiga yuklaymiz", — deya ta’kidladi Uols.

Reuters axborot agentligining xabar berishicha, AQSh Toiz va Sana shaharlaridagi harbiy ob’ektlarga zarbalar bergan. Shuningdek, Dahyon shahridagi elektr stansiyasiga ham hujum qilingan, u yerda husiylar yetakchisi shtab-kvartirasi joylashganligi taxmin qilinadi. Tramp Yamanga berilgan havo zarbalarini shaxsan kuzatib borgan.

Husiylar ma’lumotiga ko‘ra, hujumlar natijasida 53 kishi halok bo‘lgan.

Kiritildi: 10:34 17.03.2025. O'qildi: 693 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!