AQSh Green Card da’vogarlariga qo‘yiladigan talablarni kuchaytirishdan qisman voz kechdi — Bloomberg.
Xususan, gap Tramp davrida joriy etilgan hujjatlarni faqat AQSh tashqarisidan turib topshirish talabi haqida bormoqda. Ichki xavfsizlik vazirligining ma’lum qilishicha, aksariyat malakali mutaxassislar doimiy yashash huquqini rasmiylashtirish uchun mamlakatni tark etishlariga to‘g‘ri kelmaydi.
Ta’kidlanishicha, Uyuushbu yengillik “faoliyati mamlakat milliy manfaatlariga mos keladigan yoki unga iqtisodiy foyda keltiradigan” mutaxassislar uchun berildi. Qolganlar esa Green Card'ga hujjat topshirish uchun chet elga chiqishlariga to‘g‘ri keladi.
"Bunday yumshatishlar o‘z xodimlari yashash guvohnomasini olishda muammolarga duch kelganidan xavotirga tushgan yirik kompaniyalarning noroziliklari fonida yuz berdi", deb yozadi Bloomberg.