Dominikan Respublikasi hukumati AQSh Mudofaa vaziri Pit Xegsetning tashrifi munosabati bilan Qo‘shma Shtatlarga poytaxt mintaqasida joylashgan ikki asosiy xalqaro aeroporti - Las Américas va San Isidrodan foydalanishga ruxsat berdi.
Bu haqda Dominikanning Diario Libre nashri xabar bermoqda.
Prezident Luis Abinader Mudofaa vaziri Pit Xegsetning rasmiy tashrifi munosabati bilan hattoki aeroportning jihozlar va texnik xodimlarni tashish uchun cheklangan hududlaridan foydalanishga ruxsat berdi. Gazeta "Dominikan Respublikasi AQShga giyohvand moddalar savdosiga qarshi kurashish uchun San Isidro va Las Américas aeroportlaridan foydalanishga ruxsat beradi" sarlavhali maqolasida Las Américas aeroportida joylashgan AQSh havo kuchlari samolyoti tasvirlangan videoni chop etdi. Maqolada qayd etilishicha, Abinader ruxsatnoma muddatini aniqlamagan.