Germaniya Federativ Respublikasi mudofaa vaziri Boris Pistorius 5 ming nafar amerikalik harbiy xizmatchining Germaniyadan olib chiqilishi haqidagi qarorni «kutilgan holat» deb atadi.
«Amerikalik askarlarning Yevropada, ayniqsa Germaniyada bo‘lishi ham Germaniya, ham AQSh manfaatlariga javob beradi», — dedi vazir DPA agentligiga bergan intervyusida.
Berliner Zeitung nashrining yozishicha, vazir tomonlar Ramshtayn, Grafenvyor va Frankfurtdagi bazalarda «Evropada tinchlik va xavfsizlik yo‘lida» yaqindan hamkorlik qilayotganini ta’kidlagan.
Shu bilan birga, vazir Vashingtonning bu qarori kutilmagan yangilik bo‘lmaganini qayd etdi. Pistoriusning qo‘shimcha qilishicha, AQSh Germaniyadagi bazalaridan nafaqat NATO doirasida, balki o‘z xavfsizlik vazifalari, jumladan, Yaqin Sharqdagi amaliyotlari uchun ham foydalanadi.