Bugun 20 noyabr, 2025 yil, payshanba

КИР

AQSH, Germaniya va Britaniyada siyosatchilarga ishonch past darajada qolmoqda

AQSH, Germaniya va Britaniyada siyosatchilarga ishonch past darajada qolmoqda

So‘nggi yillarda jamoatchilikning siyosatchilarga bo‘lgan ishonchi turli mamlakatlarda barqaror ravishda pasayib borayotgani kuzatilmoqda. Statista Consumer Insights ma’lumotlariga ko‘ra, AQSh aholisining bor-yo‘g‘i 7 foizi siyosatchilarga ishonishini bildirgan. Bu ko‘rsatkich siyosatchilarni mamlakatdagi eng kam ishoniladigan kasblar qatoriga qo‘yadi.

Xuddi shunday tendensiya Germaniya va Buyuk Britaniyada ham kuzatiladi — bu mamlakatlarda ham siyosiy qatlamga bo‘lgan ishonch uzoq yillar davomida past darajadaligicha qolib ketmoqda.

Infografikada siyosatchilar boshqa kasblar bilan solishtirilgan holda ham ko‘rsatilgan. Masalan, olimlarga ishonch har uch mamlakatda taxminan 35–36 foizni tashkil etgan. Polisiyaga nisbatan ishonch 22–35 foiz oralig‘ida. Jurnalistlarga ishonch esa mamlakatga qarab 7–16 foiz oralig‘ida qayd etilgan.

So‘nggi yillarda ma’lumotlar manbalariga nisbatan shubha ortib borishi, “feyk yangiliklar” haqidagi bahslar va ijtimoiy tarmqdagi axborot muhiti ham aholining umumiy ishonch ko‘rsatkichlariga ta’sir qilmoqda. Infografikada keltirilgan raqamlar jamoatchilik kayfiyatidagi ushbu uzoq muddatli o‘zgarishlarni yana bir bor tasdiqlaydi.

Kiritildi: 21:10 19.11.2025. O'qildi: 215 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!