Bugun 13 iyun, 2026 yil, shanba

КИР

AQSh Falastin Futbol assosiasiyasi prezidentiga viza bermadi

AQSh Falastin Futbol assosiasiyasi prezidentiga viza bermadi

Falastin Futbol assosiasiyasi rahbari Jibril Rajub Jahon chempionatining AQShda o‘tadigan uchrashuvlarida qatnashish imkoniyatidan mahrum bo‘ldi. Boisi Qo‘shma Shtatlar, FIFA’ning rasmiy akkreditasiyaga qaramay, unga viza bermadi.

Mundialda Falastin terma jamoasi qatnashmayotgan bo‘lsa ham, Rajub xalqaro futbol delegasiyalari tarkibida uchrashuvlarga borishni rejalashtirgan edi. Biroq AQSh viza bermagach, hozircha Meksikada qolmoqda. Futbol mulozimi u yerda turnirning ochilish uchrashuvi — Meksika va Janubiy Afrika o‘yinini tomosha qilgan.

Rajub AQSh rasmiylarining qarorini adolatsiz deb atab, buning ortida siyosiy sabablar borligini aytdi. U, shuningdek, 2018 yili Rossiyada bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatida bunday muammolarga duch kelmaganini qo‘shimcha qildi

“Futbol hamjamiyati a’zolarining xalqaro turnirda ishtirok etish huquqidan mahrum qilinishi adolatdan emas”, dedi u.

Kiritildi: Bugun 16:05. O'qildi: 301 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!