NATOdagi yuqori martabali amerikalik general Aleksus Grinkevichning ta’kidlashicha, Yevropaga «bu qadar ko‘p AQSh qo‘shinlari kerak emas» va qit’a «kontingent qisqartirilsa ham osongina uddalay oladi». Bu bayonot Trampning yangi mudofaa strategiyasi atrofidagi xavotirlar kuchaygan bir paytga to‘g‘ri kelmoqda. U yangi strategiyada Yevropadagi bir qismi AQSh quvvatlarini qisqartirish va ularni Indo-Tinch okeani mintaqasiga yo‘naltirishni ko‘zda tutgan.
Birinchi amaliy qadamlar allaqachon qo‘yilgan: bir oy avval AQSh Ruminiyadan 800 nafar harbiyni olib chiqqan.
Vashingtonga nisbatan ishonch ham so‘nib bormoqda. Tramp NATOning 5-moddasiga nisbatan munosabatini ochiqcha sovutdi, Rossiyaning Polshaga bo‘ladigan ehtimoliy hujumiga AQShning reaksiyasi yuzasidan shubha bildirdi va xarajatlar borasida ittifoqchilarga bosim o‘tkazmoqda. Yana bir tashvishli belgi — davlat kotibi Marko Rubioning NATO tashqi ishlar vazirlari uchrashuvini ilk bor ko‘p yillarda e’tiborsiz qoldirganidir.
Shu orada Yevropa razvedkasi Rossiyaning aynan shu o‘n yillikda NATO mamlakatlaridan birini nishonga olishi xavfi borligini bildirmoqda. Putin esa yana qit’aga nisbatan «urushga tayyor» ekanini aytdi.