Bugun 19 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

AQSh Yevropani Rossiya aktivlaridan tinchlik rejasi doirasida foydalanish rejalari haqida xabardor qildi

AQSh Yevropani Rossiya aktivlaridan tinchlik rejasi doirasida foydalanish rejalari haqida xabardor qildi

Tramp ma’muriyati Yevropa davlatlariga Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi bo‘lajak tinchlik kelishuvining bir qismi sifatida G‘arbdagi muzlatilgan Rossiya aktivlaridan foydalanishga tayyorligini bildirgan.

Bu haqda The Washington Post nashriga ikki manba ma’lum qildi.

Tramp jamoasi tomonidan ishlab chiqilgan rejaning dastlabki versiyasida AQSh yetakchiligidagi Ukrainani qayta tiklash harakatlariga 100 milliard dollar ajratish, qolganini esa Rossiya-Amerika sarmoya fondini yaratish ko‘zda tutilgan. Ushbu yondashuv Rossiyaning tinchlik shartnomasini tuzishi uchun iqtisodiy turtki yaratishga qaratilgan edi.

Ukraina bilan maslahatlashuvlar natijasida Rossiya aktivlari haqidagi band rejadan olib tashlandi. Biroq, The Washington Post nashrining yozishicha, Yevropa yetakchilari bu masalada AQSh rasmiylarining bosimiga duch kelishda davom etmoqda.

Kiritildi: 08:45 18.12.2025. O'qildi: 502 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!