Bugun 5 iyun, 2026 yil, juma

КИР

Toshkentda avtobusda uyatsiz harakatlar qilgan erkak 15 sutkaga qamaldi

Toshkentda avtobusda uyatsiz harakatlar qilgan erkak 15 sutkaga qamaldi

Toshkentda avtobusda yo‘lovchilar ko‘z o‘ngida uyatsiz harakatlar qilgan erkak 15 sutkaga qamaldi. Bu haqda poytaxt IIBB matbuot xizmati xabar berdi.

Avtobus salonida noma’lum erkak kishining jamiyatda yurish-turish qoidalarini buzganligini aks etgan video tarqalib, turli muhokamalarga sabab bo‘lgandi. Rasmiy ma’lumotga ko‘ra, voqea 3 iyun kuni taxminan soat 09:45 larda 42-yo‘nalishda harakatlanuvchi avtobus salonida yuz bergan.

48 yoshli erkak T.S. jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan, jamoat joyida bo‘la turib uyatsiz harakatlar sodir etgan. Ko‘rilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida ushbu fuqaro ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Olmazor tumani IIO FMB tomonidan T.S.ga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 183-moddasi (mayda bezorilik), 194-moddasi (ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) alomatlari bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.

To‘plangan hujjatlar qonuniy chora ko‘rish uchun Jinoyat ishlari bo‘yicha tuman sudi

Kiritildi: Bugun 15:22. O'qildi: 376 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!