Bugun 5 iyun, 2026 yil, juma

КИР

“Chodaksoy”da cho‘kib ketgan yigitning jasadi 1 haftadan so‘ng topildi

“Chodaksoy”da cho‘kib ketgan yigitning jasadi 1 haftadan so‘ng topildi

Namangan viloyati Pop tumanidagi Chodaksoy soyida cho‘kib ketgan 24 yoshli yigit jasadi bir haftadan ortiq vaqt davom etgan qidiruv ishlaridan keyin topildi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.

FVB tomonidan 31 may kuni e’lon qilingan xabarda aytilishicha, 2002 yilda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan fuqaro 28 may kuni tumanning «Shayxon» MFY hududidagi dam olish maskani yaqinidan oqib o‘tuvchi Chodaksoy soyining cho‘milish taqiqlangan hududiga tushgan va suvga cho‘kib, oqib ketgan.

Shundan so‘ng viloyat FVB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari, polkovnik Akmaljon O‘rinboyev boshchiligida qidiruv-qutqaruv ishlari boshlangan.

“Chodaksoy”da cho‘kib ketgan yigitning jasadi 1 haftadan so‘ng topildi

Jarayonda tuman FVB yong‘in-qutqaruvchilari tomonidan suv ustida, boshqarma qutqaruv otryadi qutqaruvchilari tomonidan esa suv ostida qidiruv ishlari uzluksiz olib borilgan.

“Chodaksoy”da cho‘kib ketgan yigitning jasadi 1 haftadan so‘ng topildi

“Chodaksoy”da cho‘kib ketgan yigitning jasadi 1 haftadan so‘ng topildi

“Chodaksoy”da cho‘kib ketgan yigitning jasadi 1 haftadan so‘ng topildi

“Chodaksoy”da cho‘kib ketgan yigitning jasadi 1 haftadan so‘ng topildi

“Chodaksoy”da cho‘kib ketgan yigitning jasadi 1 haftadan so‘ng topildi

“Chodaksoy”da cho‘kib ketgan yigitning jasadi 1 haftadan so‘ng topildi

“Chodaksoy”da cho‘kib ketgan yigitning jasadi 1 haftadan so‘ng topildi

1 iyun kuni Bosh prokuratura matbuot xizmati holat yuzasidan Pop tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilayotganini ma’lum qilgandi.

4 iyun kuniga kelib yigitning jasadi soydan topilgan va tegishli tartibda mutasaddi tashkilotlarga topshirilgan.

FVB fuqarolarni cho‘milish taqiqlangan hamda xavfli deb belgilangan hududlarda suvga tushmaslik haqida ogohlantirdi.

«Suv havzalari va soy-kanallarda xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilish inson hayoti va salomatligini saqlashning eng muhim omillaridan biridir. O‘zingiz va yaqinlaringiz hayotini asrang, suvda xavfsizlik qoidalariga amal qiling», – deyiladi xabarda.

Kiritildi: Bugun 13:51. O'qildi: 427 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!