Bugun 26 iyul, 2026 yil, yakshanba

КИР

JChda Rossiya TIV O‘zbekstonga muxlislik qiladi

JChda Rossiya TIV O‘zbekstonga muxlislik qiladi

Rossiya TIV O‘zbekiston terma jamoasi JChga chiqqanidan xursand va albatta ularni qo‘llab-quvvatlaydi, dedi vazirlik rasmiy vakili Mariya Zaxarova.

"O‘zbekiston terma jamoasi jahon chempionatida ishtirok etadigan MDHdan yagona jamoa bo‘ldi, Rossiya Tashqi ishlar vazirligi mundialda O‘zbekistonga muxlislik qiladimi?, - deya savol berdi jurnalist.

"Butun qalbimiz bilan muxlislik qilsak bo‘lsak bo‘ladimi? Nazarimda, bu buyuk sport yutug‘i uchun chin dildan, samimiy quvonch hissi bilan qo‘llab-quvvatlagimiz kelyapti. Albatta, qo‘llab-quvvatlaymiz, kuzatamiz, sport ruhida muxlislik qilamiz. Chunki O‘zbekiston biz uchun qardosh va do‘st mamlakat", - dedi Rossiya TIV vakili.

Shuningdek, Zaxarova Sankt-Peterburgda O‘zbekiston va Rossiya orasida muloqotlar bo‘lib o‘tishi va energetikaga oid qiziqarli loyihalar borligi haqida gapirdi.

Kiritildi: 13:11 05.06.2026. O'qildi: 1787 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!