Bugun 5 iyun, 2026 yil, juma

КИР

Ukraina dronlari hujumi oqibatida 5 nafar ozarbayjonlik qurbon bo‘ldi

Ukraina dronlari hujumi oqibatida 5 nafar ozarbayjonlik qurbon bo‘ldi

5 iyunga o‘tar kechasi Azov dengizining Taganrog qo‘ltig‘ida dronlar hujumi oqibatida Turkiyadan Rostov-Don shahriga ketayotgan “Natra” va “Zircon” kemalariga zarba berildi. Hujum oqibatida kemalarda ishlayotgan besh nafar Ozarbayjon fuqarosi halok bo‘ldi. Bu haqda Minval nashri xabar berdi.

Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirligi ikki xorijiy yuk kemasiga qilingan dron hujumi oqibatida besh fuqarosi halok bo‘lganini tasdiqladi. Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, xorijiy kemalarda jami 25 nafar Ozarbayjon fuqarosi bo‘lgan. Har ikkala kema ham xorijiy davlatlar bayrog‘i ostida suzgan. Kemalarning Ozarbayjon davlatiga hech qanday aloqasi yo‘qligi qo‘shimcha qilindi.

Rossiya tomonidan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, hujumda besh kishi halok bo‘lgan, yana uch nafar Ozarbayjon fuqarosi jarohatlangan. Omon qolganlar va jarohatlanganlar Yeysk shahri portiga hamda shahar kasalxonasiga yetkazilgan.

Hozirda Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirligi tegishli davlat idoralari va xorijiy organlar bilan aloqa o‘rnatgan. Mamlakatning Rossiyadagi elchixonasi xodimlari voqea joyiga yetib borgan. Vazirlik fuqarolarning ahvolini monitoring qilmoqda. Ularga zarur konsullik yordami ko‘rsatilishi va vatanga qaytarish choralari ko‘rilishi ta’kidlandi.

Avvalroq Ukraina Qurolli Kuchlarining dronlari Azov dengizida Rostov viloyatidan Krasnodar o‘lkasiga ketayotgan rossiyaning "Volgo-Balt" don tashuvchi kemasiga hujum qilgan edi. Bir ekipaj a’zosi halok bo‘ldi.

Kiritildi: Bugun 16:24. O'qildi: 575 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!