Bugun 5 iyun, 2026 yil, juma

КИР

Kreml Zelenskiyning maktubidan xabardor — Dmitriy Peskov

Kreml Zelenskiyning maktubidan xabardor — Dmitriy Peskov

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Ukraina prezidentining Putinga yo‘llagan ochiq xati haqida xabardor ekanini tasdiqladi.

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning aytishicha, Zelenskiy istalgan vaqtda Moskvaga kelishi mumkin.

"Zelenskiy istalgan payt Moskvaga kelishi mumkin. Prezident Putin aytganidek, agar Zelenskiy gaplashmoqchi bo‘lsa, Moskvaga kelib, buni amalga oshirishi mumkin", — dedi Kreml matbuot kotibi.

Shuningdek, Peskov Putin hozircha mazkur xat bilan tanishib chiqmaganini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Kreml bundan xabardor, ammo xat e’lon qilingan vaqtda Putin boshqa tadbirda ishtirok etayotgani sababli uni ko‘rishga ulgurmagan.

Kiritildi: Bugun 14:12. O'qildi: 495 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!