Bugun 16 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

AQSH: Yevropa Rossiyaga qarshi qattiq sanksiyalarga qo‘shilishi shart

AQSH: Yevropa Rossiyaga qarshi qattiq sanksiyalarga qo‘shilishi shart

AQSh prezidenti Donald Tramp Yevropa davlatlarini Rossiyaga qarshi qattiqroq choralar ko‘rishga chaqirdi va buni Amerika tomonidan yangi sanksiyalarni joriy etish bilan bog‘ladi.

«Evropaning jazolovchi choralari yetarli darajada qattiq emas. Men harakat qilishga tayyorman, lekin Yevropa ham jiddiyroq chora ko‘rishi, o‘z sanksiyalari darajasini menikiga tenglashtirishi kerak», — dedi Tramp jurnalistlarga.

AQSh moliya vaziri Skott Bessent ham ushbu pozisiyani takrorladi:
AQSh faqat Yevropa davlatlari ham shunday yo‘l tutsa, Rossiya neftini xarid qilayotganlarga qarshi yangi sanksiyalarni joriy etadi.

Reuters va Bloomberg agentliklariga bergan intervyusida Bessent shunday dedi:

«Biz endi Yevropaning ham hissasi bo‘lishini kutyapmiz. Agar ular harakat qilmasa, biz ham oldinga yurmaymiz».

AQShning bojxona to‘lovlari orqali Rossiya neftini asosiy xarid qilayotgan Xitoy va Hindistonni bunday xaridlardan voz kechishga majbur qilish rejasi bor. Bessent ta’kidlashicha, agar Yevropa ham xuddi shunday bojlar joriy etsa:

«Urush 60 yoki 90 kun ichida tugaydi. Chunki bu Moskva uchun asosiy daromad manbaini uzib qo‘yadi.»

Kiritildi: 18:08 16.09.2025. O'qildi: 777 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!