Bugun 19 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

AQSh Eronning «soya flot»iga qarshi sanksiyalar joriy qildi

AQSh Eronning «soya flot»iga qarshi sanksiyalar joriy qildi

AQSh Eron nefti va neft mahsulotlarini tashish hamda sotish bilan bog‘liq bo‘lgan 29 ta kemani sanksiyalar ro‘yxatiga kiritdi. Bu haqda AQSh Moliya vazirligi ma’lum qildi.

Shuningdek, Eron nefti savdosida ishtirok etgan va Misr, Hindiston, Panama hamda Marshall orollarida faoliyat yuritgan qator kompaniyalarga nisbatan ham cheklovlar joriy etildi.

AQSh rasmiylariga ko‘ra, mazkur kemalar va kompaniyalar yuzlab million dollarlik eron neft mahsulotlarini tashishda ishtirok etgan.

Moliya vazirligi Eron rejimi neft daromadlarini harbiy va qurol-yarog‘ dasturlarini moliyalashtirishda qo‘llashining oldini olish davom ettirilishini bildirdi.

Kiritildi: Bugun 14:51. O'qildi: 177 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!