Bugun 25 mart, 2026 yil, chorshanba

КИР

AQSh Eronga mojaroni hal qilish uchun 15 banddan iborat reja yubordi

AQSh Eronga mojaroni hal qilish uchun 15 banddan iborat reja yubordi

Qo‘shma Shtatlar Yaqin Sharqdagi mojaroni tugatish bo‘yicha 15 banddan iborat rejani Eron rasmiylariga yubordi.

Bu haqda The New York Times nashri AQSh ma’muriyati rasmiylariga tayanib xabar berdi.

Gazetaning yozishicha, Pokiston hujjatni yetkazib berishda vositachi sifatida ishtirok etgan.

Ta’kidlanishicha, reja Eron rahbariyati bilan qay darajada baham ko‘rilgani va Tehron uni muzokaralar uchun asos sifatida ko‘rib chiqishga tayyormi yoki yo‘qmi, hozircha noma’lum.

Manbalarga ko‘ra, hujjatda Eronning raketa va yadro dasturlari, shuningdek, navigasiya erkinligi masalalari ko‘rib chiqiladi.

Kiritildi: Bugun 10:10. O'qildi: 472 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!