Bugun 24 avgust, 2026 yil, dushanba

КИР

AQSh Eronga ehtimoliy hujumlarni kuchaytirish uchun Isroilga qo‘shimcha samolyotlar jo‘natmoqda — Axios

AQSh Eronga ehtimoliy hujumlarni kuchaytirish uchun Isroilga qo‘shimcha samolyotlar jo‘natmoqda — Axios


​Donald Tramp ma’muriyati Eronga qarshi harbiy harakatlarni kengaytirish ehtimoli uchun mamlakatga yana o‘nlab yonilg‘i quyish samolyotlarini yuborishi haqida Isroilni ogohlantirdi. Bu haqda Axios AQSh va Isroil rasmiylariga tayanib xabar berdi.

​Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda Isroilda, Tel-Aviv yaqinidagi Ben-Gurion aeroportida 30 ga yaqin AQSh yonilg‘i quyish samolyoti va mamlakat janubidagi Ramon aeroportida taxminan shuncha samolyot joylashtirilgan. Isroil rasmiylari AQSh yonilg‘i quyish samolyotlari sonini Eron bilan urush boshlanishidagi darajaga yetkazishni rejalashtirayotganini ma’lum qildi.

​Tramp Eronga nisbatan keng ko‘lamli hujumlar variantini ko‘rib chiqmoqda. Bunday variantlar orasida Eron infratuzilma ob’ektlariga, jumladan, elektr stansiyalariga zarba berish, Eron yadroviy ob’ektlariga yangi hujumlar uyushtirish va Pikaks tog‘ida qurilayotgan majmuaga zarbalar berish bor.

​Tramp hali yakuniy qarorga kelmagan. U yaqin kunlarda nizoni kuchaytirish haqida buyruq berishi mumkin, deydi Axios manbalari.

Kiritildi: 21:41 18.07.2026. O'qildi: 1011 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!