AQSh hukumati namoyishchilar o‘limiga aloqador deb hisoblangan eronlik yuqori lavozimli amaldorlar va harbiy qo‘mondonlarga nisbatan «aniq zarbalar» berish imkoniyatini muhokama qilmoqda. Bu haqda Middle East Eye Persiya ko‘rfazi mamlakatlaridan birining davlat xizmatchisiga tayanib xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, ehtimoliy zarbalar shu haftayoq amalga oshirilishi mumkin, biroq vaziyatga qarab rejalar o‘zgarishi istisno qilinmaydi.
Shuningdek, AQSh razvedka tizimining sobiq xodimi Middle East Eyega ma’lum qilishicha, Donald Tramp Eronda hokimiyatni almashtirish g‘oyasidan to‘liq voz kechmagan bo‘lishi mumkin. Ushbu xulosa AQSh ma’muriyati ichidagi muhokamalar asosida chiqarilgan.