Qo‘shma Shtatlar harbiylari Eron yadroviy ob’ektlariga yangi zarbalar berishni rejalashtirmoqda. Bunda bombalarning onasi” bilan hujumga o‘tish kutilmoqda. Bu haqda manbalarga tayanib, CNN xabar berdi.
Hujumda “barcha bombalarning onasi” deb ataluvchi GBU-43/B Massive Ordnance Air Blast Bomb bombasi qo‘llanilishi mumkin. Og‘irligi 9,5 tonna bo‘lgan bu bomba AQSh arsenalidagi eng kuchli yadroviy bo‘lmagan portlovchi qurol hisoblanadi. Vaziyatdan xabardor bir necha rasmiylar bunday variant ko‘rib chiqilayotganini tasdiqladi.
CNN manbalari zarbalarning ehtimoliy nishoni sifatida ostida yadroviy ob’ekt joylashgan Pikaks tog‘ini tilga oldi. Biroq “barcha bombalarning onasi” uni yo‘q qila oladimi-yo‘qmi — hozircha noma’lum. Chunki inshoot yer ostida juda chuqur joylashgan.
Manbalardan birining ta’kidlashicha, bu qurol bilan amalga oshiriladigan bombardimon ruhiy ta’sir ko‘rsatishi, ya’ni “Tehron rejimi”ni qo‘rqitishi mumkin.