AQSh harbiylari Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi (IIQK, Eron qurolli kuchlarining elit bo‘linmasi) tomonidan Hormuz bo‘g‘ozida savdo kemalariga otilgan kruiz raketasi va dronni ushladi.
Bu haqda AQSh Markaziy qo‘mondonligi (CENTCOM) vakili kapitan Tim Xokins xabar berdi.
Mehr axborot agentligi shuningdek, Handab va Ahvoz shaharlariga zarbalar berilgani haqida xabar berdi.
Xuziston viloyat xavfsizlik boshqarmasi Ahvozdagi ikkita nishonga zarba berilganini ma’lum qildi. Mumkin bo‘lgan zarar haqida tafsilotlar mavjud emas.