Qo‘shma Shtatlar Eronda tug‘ilgan moliyachi Ali Ansoriyga qarshi sanksiyalar joriy qildi, u AQSh hukumatining fikriga ko‘ra, Eron elitasini moliyalashtirish bilan bog‘liq.
Bu haqda AQSh Moliya vazirligi bayonot berdi.
Hujjatga ko‘ra, yangi choralar uchta Eron valyuta ayirboshlash kompaniyasiga, bitta Gonkongda joylashgan firmaga va bitta BAAda joylashgan kompaniyaga ham tegishli.
Vashington bu tashkilotlar va shaxslarning barchasi noqonuniy moliyaviy faoliyat va AQSh sanksiyalaridan qochish bilan bog‘liq deb hisoblaydi. Ansoriy Eronning Oliy rahbari Mojtaba Xomeneyning manfaatlarini ko‘zlab ish tutganlikda ayblanmoqda. AQSh Moliya vazirligining ma’lum qilishicha, ushbu valyuta ayirboshlash kompaniyalari sanksiyalangan Eron banklari uchun milliardlab dollarlik operasiyalarni amalga oshirgan.
Sanksiyalar ushbu shaxslar va kompaniyalarning AQShda topilgan taqdirda aktivlarini muzlatishdan iborat. Bundan tashqari, AQSh fuqarolariga ushbu shaxslar bilan har qanday biznes aloqalarini olib borish taqiqlanadi va qora ro‘yxatga kiritilganlarga mamlakatga kirish taqiqlanadi.