The Washington Post Amerika rasmiylariga tayanib xabar berishicha, AQSh qo‘shinlari Eron bilan mojaro davomida MQ-9 Reaper uchuvchisiz apparatlarining qariyb to‘rtdan bir qismini yo‘qotgan.
"Eron bilan urush davomida AQSh qurolli kuchlari kamida 45 ta MQ-9 Reaper uchuvchisiz apparatini yo‘qotdi", — deyiladi nashr xabarida.
Qayd etilishicha, bu AQSh ixtiyoridagi MQ-9 Reaper dronlarining taxminan 25 foiziga teng. Har bir shunday apparatning qiymati qariyb 50 million dollarga yetishi mumkin.
"Dronlar sekin uchadi va ko‘pincha past balandlikda harakatlanadi. Bu esa ularni Eron harbiylari hamda Yaman va Iroqdagi mintaqaviy ittifoqchilari uchun nisbatan oson nishonga aylantiradi", — deyiladi maqolada.