Qo‘shma Shtatlar Eron bilan davom etayotgan urush sababli o‘z omborida qurol-yarog‘ zaxiralari kamayib ketgani haqida Yevropa davlatlarini ogohlantirdi.
Reuters agentligining xabar berishicha, Vashington avval tuzilgan shartnomalar bo‘yicha qurol yetkazib berish muddatlarini orqaga surishga majbur bo‘lmoqda, chunki bor imkoniyatlar Eronga qarshi harbiy harakatlarga yo‘naltirilgan.
Mazkur kechikishlar, ayniqsa, Boltiqbo‘yi va Skandinaviya mamlakatlariga salbiy ta’sir ko‘rsatishi aytilmoqda. Ushbu davlatlar qurol-yarog‘larni AQShning xorijiy harbiy savdo (FMS) dasturi doirasida sotib olgan, biroq urush tufayli kerakli o‘q-dori va harbiy texnikalarni o‘z vaqtida qabul qila olmaydigan bo‘lishdi.
Ekspertlarning fikricha, bu vaziyat AQSh harbiy zaxiralarining muhim turdagi qurollar bo‘yicha jiddiy darajada kamayganini ko‘rsatadi.