Bugun 18 may, 2026 yil, dushanba

КИР

AQSh Eron bilan tinchlik muzokaralarini davom ettirish uchun o‘z talablarini ilgari surdi

AQSh Eron bilan tinchlik muzokaralarini davom ettirish uchun o‘z talablarini ilgari surdi

Qo‘shma Shtatlar tinchlik yo‘li bilan tartibga solish jarayonini davom ettirish uchun Eronga beshta shart qo‘ydi, deb xabar bermoqda "Fars" agentligi.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu shartlar sirasiga Erondan 400 kg uranni olib chiqib ketish va AQShga topshirish, Eron yadroviy ob’ektlaridan faqat bittasining faoliyatini davom ettirishiga ruxsat berish, shuningdek, Eronning muzlatib qo‘yilgan aktivlarini blokdan chiqarishdan voz kechish kiradi.

Bundan tashqari, Vashington Shtatlar tomonidan hech qanday tovon puli (kompensasiya) to‘lanmasligini bayon qilgan va barcha frontlarda, jumladan Livanda ham urushni to‘xtatish masalasi aynan muzokaralar davomida hal qilinishi kerakligini ta’kidlagan.

Kiritildi: 23:44 17.05.2026. O'qildi: 198 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!