AQSh prezidenti Donald Tramp Eron Islom Respublikasi bilan iqtisodiy hamkorlik qilayotgan davlatlarga nisbatan qat’iy savdo choralari joriy etilishini ma’lum qildi.
Uning Truth Social’da yozishicha,
“Darhol kuchga kiradigan ushbu tartibga ko‘ra, Eron bilan biznes yuritayotgan har qanday davlat AQSh bilan amalga oshiriladigan barcha turdagi savdo amaliyotlari uchun 25 foizlik boj to‘laydi. Ushbu buyruq yakuniy va qat’iydir.”
Shu bilan birga, Oq uyning rasmiy saytida hozircha mazkur qaror bo‘yicha rasmiy hujjat e’lon qilinmagan.
Ma’lumot o‘rnida, Eron tovarlarining asosiy eksport bozorlari — Xitoy, Birlashgan Arab Amirliklari va Hindiston.