Bugun 19 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

AQSh Energetika vazirligi 2023 yil uchun Brent narxini 4 foizga oshirdi

A A A
AQSh Energetika vazirligi 2023 yil uchun Brent narxini 4 foizga oshirdi

AQSh Energetika vazirligi 2023 yilda Brent markali neft narxi prognozini avvalgi prognozdagi 82,95 dollarga nisbatan 3,7 foizga oshirib, bir barrel uchun 85,01 dollarga yetkazdi. Bu haqda AQSh Energetika vazirligining Energetika axboroti boshqarmasi (EIA) hisobotida aytildi, deya xabar beradi TASS agentligi.

Yil oxirigacha Brent narxi bir barrel uchun 86 dollardan oshishi kutilmoqda, 2024 yilda esa kotirovkalar bir barrel uchun 81,21 dollargacha tushishi mumkin.

WTI markali neft narxi 2023 yilda bir barrel uchun 79,24 dollar, 2024 yilda esa 75,21 dollar bo‘lishi kutilmoqda.

Bundan tashqari, AQSh Energetika vazirligi 2023 yilda mamlakatda sutkalik neft qazib olish prognozini 100 ming barrelga oshirib, kuniga 12,54 million barrelga yetkazdi, bu 2022 yilga nisbatan kuniga 660 ming barrelga ko‘pdir. 2024 yilda kutilayotgan ishlab chiqarish hajmi kuniga 12,75 million barrelni tashkil etadi (oldingi hisob-kitoblarga qaraganda kuniga +120 ming barrel).

Kiritildi: 23:06 12.04.2023. O'qildi: 2598 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!