Bugun 22 oktyabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

AQSh YEIning muzlatilgan Rossiya aktivlaridan Ukrainani qo‘llab-quvvatlash uchun foydalanish rejasiga qo‘shilishdan bosh tortdi — Bloomberg

AQSh YEIning muzlatilgan Rossiya aktivlaridan Ukrainani qo‘llab-quvvatlash uchun foydalanish rejasiga qo‘shilishdan bosh tortdi — Bloomberg

Qo‘shma Shtatlar Yevropa Ittifoqiga Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan Ukrainani qo‘llab-quvvatlash uchun foydalanish tashabbusiga hozircha qo‘shilmasligini ma’lum qildi, deya xabar bermoqda nashr.

Agentlik suhbatdoshlaridan birining aytishicha, AQSh vakillari bunga bozorlar barqarorligi uchun xavflarni ro‘kach qilishgan. Shu bilan birga, boshqa bir manba Vashingtonning pozisiyasini shunchaki “hozirgi bosqichda noaniq” deb ta’riflagan.

Evropa davlatlari uzoq vaqtdan beri YEIda muzlatilgan Rossiyaning 140 milliard yevroga yaqin aktivlaridan foydalanish masalasini muhokama qilib kelmoqda.

Financial Tiimes gazetasining yozishicha, Yevropa Ittifoqi rahbarlari 23 oktyabr, payshanba kuni bo‘lib o‘tadigan sammitda Rossiya Markaziy bankining muzlatilgan aktivlaridan Ukrainaga qurol-yarog‘ sotib olish uchun foydalanish to‘g‘risida qaror qabul qilishga umid bog‘lamoqda.

Kiritildi: 13:13 21.10.2025. O'qildi: 477 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!