Londonning ICE birjasida AQSh dollari indeksi deyarli 1 foizga tushdi.
Bundan Tradingview platformasi ma’lumotlari dalolat bermoqda.
Bu dinamika ommaviy axborot vositalarida AQSh prezidenti Donald Trampning Jerom Pauellni AQSh Federal zaxira tizimi (markaziy bank) rahbari lavozimidan ozod etishga urinish niyati haqidagi taxminlar haqida tarqalgan ma’lumotlar fonida qayd etildi.
Bugun ertalabki holatga ko‘ra, AQSh valyuta indeksi 0,93 foizga tushib, 97,714 punktni tashkil qildi. Keyinroq Tramp OAVda uning Paeyellni ishdan bo‘shatishga urinish niyatlari haqidagi xabarlarni noto‘g‘ri deb atadi, shu sababli indeks bir qismini qopladi va 98,382 ballni (-0,26%) tashkil etdi.
Birozdan keyin AQSh dollari indeksi o‘zining pasayishini biroz tezlashtirib, 98,335 punktni (-0,31%) tashkil etdi.