Bugun 7 yanvar, 2026 yil, chorshanba

КИР

AQSh diktatorlarni nima qilishni yaxshi biladi — Zelenskiy

AQSh diktatorlarni nima qilishni yaxshi biladi — Zelenskiy

Ukraina prezidenti Qo‘shma Shtatlarning Venesuelaga hujumi va Nikolas Maduroni hibsga olishini "diktatorlar bilan to‘g‘ri muomala qilishning" namunasi ekanini aytdi.

"Agar diktatorlar bilan shunday muomala qilish mumkin bo‘lsa, demak Amerika Qo‘shma Shtatlari keyingi qadamda nima qilishni biladi", — dedi Zelenskiy Kiyevda jurnalistlar bilan brifingda.

Ukraina ommaviy axborot vositalari Zelenskiy bu gapi bilan Putinga ishora qilganini bildirmoqda.

Avvalroq AQSh prezidenti Donald Trampning Florida shtatidagi matbuot anjumanida davlat kotibi Marko Rubio Maduroga qarshi amaliyot boshqa davlatlar uchun ham ogohlantirish ekanini, amerikaliklarning fikrlarini jiddiy qabul qilish lozimligini bildirgandi.

Kiritildi: 18:47 04.01.2026. O'qildi: 661 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!