AQSh dengiz piyodalari kema Vashingtonning Eronga qarshi dengiz blokadasini buzishga urinishi mumkinligi haqidagi xavotirlar fonida Celestial Sea neft tankeriga chiqdi.
Bu haqda AQSh Markaziy qo‘mondonligi (CENTCOM) ma’lum qildi.
"Bugun ertalab AQSh dengiz piyodalari Ummon ko‘rfazida suzib ketayotgan Eron bayrog‘i ostidagi Celestial Sea savdo tankeriga chiqdi. Kema AQSh blokadasini buzishga uringanlikda gumon qilingan. Kemani tekshirib, ekipajga yo‘nalishni o‘zgartirishni buyurgandan so‘ng, AQSh harbiy xizmatchilari tankerni qo‘yib yuborishdi", deyiladi bayonotda.
Qo‘mondonlik ma’lumotlariga ko‘ra, AQSh harbiylari jami 91 ta savdo kemasining yo‘nalishini o‘zgartirgan.