"Qo‘shma Shtatlar Rossiyaning Sumiga bugungi dahshatli raketa hujumi qurbonlariga chuqur hamdardlik bildiradi. Bu fojia prezident Tramp va uning ma’muriyati nega bu urushni tugatish hamda barqaror tinchlikka erishish uchun ko‘p vaqt va kuch sarflayotgani haqidagi eslatma hisoblanadi", — deb yozdi Davlat departamenti rahbari X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.
Bundan tashqari, AQSh prezidentining Ukraina bo‘yicha maxsus vakili Kit Kellog Sumiga qilingan hujumni qoraladi va Rossiya "barcha ahloq chegaralarini" buzib o‘tganini bildirdi.