Bugun 27 sentyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

AQSh davlat kotibi Pokistonga Hindiston bilan muzokaralarni tashkil etishda yordam taklif qildi

A A A
AQSh davlat kotibi Pokistonga Hindiston bilan muzokaralarni tashkil etishda yordam taklif qildi

"Qo‘shma Shtatlar davlat kotibi Marko Rubio Pokiston armiyasi boshlig‘i general Asim Munir bilan suhbatlashdi va Pokiston hamda Hindistonga ziddiyatni yumshatish yo‘llarini topishni tavsiya qildi", — deya xabar berdi AQSh Davlat departamenti vakili Temmi Bryus.

Rubio, shuningdek, kelajakda mojaroning kuchayib ketishining oldini oladigan konstruktiv muzokaralarni boshlashda Qo‘shma Shtatlar yordam berishga tayyorligini bildirgan.

10 may kuni erta tongda Pokiston Hindistonning o‘z aviabazalariga qilgan raketa hujumlariga javoban harbiy operasiya boshlaganini e’lon qildi. Hindiston rasmiylari esa mojaroning kuchayishiga javoban harakat qilishga tayyor ekanini bayon qildi.

Kiritildi: 09:26 10.05.2025. O'qildi: 1426 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!