Gap homilador ayollar farzandi mamlakat fuqaroligini olishi uchun Qo‘shma Shtatlarga tug‘ishga borishi amaliyoti haqida bormoqda.
Davlat departamenti rahbari Marko Rubio ma’lum qilishicha, bo‘lim "viza egalarining faolligini tekshirish, "tug‘ruq turizmi"ning noqonuniy tarmog‘ini yo‘q qilish va AQSh qonunlarining dahshatli tarzda suiiste’mol qilinishiga chek qo‘yish" uchun tuzilgan.
Ishning birinchi oyida bo‘lim butun dunyo bo‘ylab xorij fuqarolaridan 600 dan ortiq AQSh vizalarini bekor qildi.
AQSh prezidenti Donald Tramp avgust boshida tug‘ilish huquqi bo‘yicha mamlakat fuqaroligini olishni cheklaydigan ikkita farmonni imzolagan edi. Ulardan biri "tug‘ruq turizmi" amaliyotiga qarshi qaratilgan.