AQSh prezidenti Donald Tramp butun dunyo bo‘ylab yadroviy qurollar sonini yanada qisqartirish tarafdori bo‘lib qolmoqda.
Bu haqda AQSh Davlat kotibining Qurollarni nazorat qilish va xalqaro xavfsizlik bo‘yicha o‘rinbosari Tomas Dinanno ma’lum qildi.
"Prezidentning pozisiyasi shundaki, u dunyoda yadroviy qurollar sonini kamaytirishni xohlaydi. Bu yaxshi boshlang‘ich nuqta", dedi amerikalik diplomat.
Dinanno shuningdek, Strategik hujumkor qurollarni yanada qisqartirish va cheklash choralari to‘g‘risidagi AQSH-Rossiya shartnomasi samarasiz bo‘lib, faqat AQShni cheklaganini ta’kidladi.
"Uning amal qilish muddati tugashi yangi davrni ochdi, bu bizga Prezident Trampning takomillashtirilgan va modernizasiya qilingan kelishuvni ishlab chiqish haqidagi tasavvurini amalga oshirish imkonini berdi", dedi u. Dinannoning so‘zlariga ko‘ra, START shartnomasi Moskvaga Vashingtonga nisbatan assimetrik ustunlik berdi.