Amerika Qo‘shma Shtatlari Davlat departamenti Marokashga 18 ta HIMARS ko‘p uchiruvchi raketa tizimlari va tegishli uskunalarni sotishga ruxsat berdi. Bitim summasi taxminan 524 million dollarni tashkil qiladi.
Bu haqda RIA Novosti AQSh mudofaa vazirligining xavfsizlik bo‘yicha hamkorlik agentligiga tayanib xabar berdi.
Shuningdek, AQSh Tashqi ishlar vazirligi Marokashga AGM-154 bombalarini, o‘quv raketalarini sotishni va taxminan 250 million dollar miqdorida muhandislik va logistika xizmatlarini ko‘rsatishni ma’qulladi.