Ushbu kelishuv 17 aprelga o‘tar kechasi kuchga kirdi va o‘n kun davomida amalda bo‘lishi kutilmoqda. Uning asosiy bandlari quyidagilardan iborat:
◾️ Livan va Isroil mustahkam tinchlik o‘rnatish, shuningdek, bir-birining suvereniteti va hududiy yaxlitligini tan olish ustida ishlaydi;
◾️ Tomonlar Livanda harakat qilayotgan nodavlat qurolli guruhlarning faoliyatini cheklashi zarur;
◾️ AQSh Isroilning “rejalashtirilgan, muqarrar yoki davom etayotgan hujumlardan” o‘z-o‘zini mudofaa qilish uchun istalgan vaqtda barcha zarur choralarni ko‘rish huquqini o‘zida saqlab qolishini tan oladi.
Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp Isroil va Livan 1993 yildan beri ilk bor to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazganidan so‘ng, o‘t ochishni 10 kunga to‘xtatishga kelishib olganini e’lon qilgan edi.