AQSh Davlat departamenti butun dunyo bo‘ylab amerikalik fuqarolarni Yaqin Sharqdagi vaziyat tufayli ehtiyotkor bo‘lishga chaqirdi.
Bu haqda departament bayonotida so‘z boradi.
«Davlat departamenti dunyo bo‘ylab amerikaliklarga yuqori darajada ehtiyotkorlikni namoyon etishni tavsiya qiladi. Yaqin Sharqdagi keskinlikning kuchayishi munosabati bilan xavfsizlik sohasidagi vaziyat murakkab bo‘lib qolmoqda va kutilmagan eskalasiya ehtimoli mavjud», — deyiladi xabarda.